markaz yangiliklari
“Mentor Art" ko‘rik-tanlovning birinchi bosqichi boshlandi
Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi hamda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining qo‘shma buyrug‘iga asosan, amaliy fanlar (tasviriy san’at va chizmachilik fani) mentorlarining kasbiy salohiyatini oshirish maqsadida “Mentor Art” tasviriy san’at asarlari ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.
Ayni damda mentorlarning nazariy, amaliy mahoratlarini rivojlantirish hamda eng sara ijodiy ishlarni ommalashtirish masqsadida tashkil etilgan tanlovning 1-bosqich baholash jarayonlari qizg‘in davom etmoqda.
🟢 Mentor-pedagoglar tomonidan mahorat bilan tayyorlangan san’at asarlari hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan mezonlar asosida sinchiklab ko‘rib chiqilmoqda.