markaz yangiliklari
Buxoro viloyati Pedagogik mahorat markazida “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi a’zolari tomonidan “Tarbiya” fani bo‘yicha malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida “Odam savdosi — asr vabosi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida odam savdosining inson hayoti, erkinligi va qadr-qimmatiga tahdid soluvchi og‘ir jinoyat ekanligi, uning salbiy oqibatlari hamda ushbu illatning oldini olishda huquqiy bilim va ogohlikning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.