XALQARO HAMKORLIK hamkorlik

“O‘zbekiston Respublikasida sifatli maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan seminar-trening muvaffaqiyatli yakunlandi

🗣️ Uch kun davom etgan mazkur o‘quv jarayonida ishtirokchilar bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim, Reggio pedagogikasi, fasilitatsiya hamda ijtimoiy-hissiy o‘rganish kabi dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Trening davomida zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etilgan interaktiv mashg‘ulotlar, tajriba almashuvlar va muhokamalar ishtirokchilarning kasbiy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qildi.

📃 Seminar-trening yakunida barcha ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Boshqa yangiliklar

Stop korrupsiya Qabul jadvali Qayta tayyorlash Ochiq tanlov