hamkorlik
Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida rus tili fani o‘qituvchilari malakasini oshirish kursi tinglovchilari uchun Moskva davlat universiteti Lingvistika va madaniy kommunikatsiyalar kafedrasi dotsenti Svetlana Yuryevna Komushova tomonidan seminar-trening tashkil etildi.
🔵 Mashg'ulot davomida rus tilini chet tili sifatida o‘qitish metodikasi tarixi, uning o‘ziga xos lingvodidaktik asoslari va zamonaviy talablari atroflicha tahlil qilindi, shuningdek, rus tili darslarida qo‘llaniladigan innovatsion yondashuvlar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.