E'TIROF e'tirof

Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida tashkil etilgan “Ta’limda uzluksiz kasbiy rivojlantirishning dolzarb muammolari, yechimlari va istiqbollari” mavzusidagi forum hamda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔵 Ushbu marosimda “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarida faol ishtirok etib, samarali faoliyat yuritgan Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi metodistlari San’at Oripov “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan, fizika-astronomiya fani metodisti Mohidil Teshayeva esa tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

🎉 Hamkasblarimizni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusidagi faoliyatlarida ulkan zafarlar, yangi yutuq va muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Stop korrupsiya Qabul jadvali Qayta tayyorlash Ochiq tanlov